14:20 / 22.07.2018
41545

Toshkentdagi masjid imomi Sirdaryo viloyatiga yangi bosh imom-xatib bo‘ldi

21 iyul kuni Sirdaryo viloyati vakilligida viloyat imom-xatiblarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham qatnashdi. Yig‘ilish bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi Mo‘'minjon domla Usmonov o‘z xohishiga ko‘ra, egallab turgan lavozimdan ozod etilib, Guliston shahri «Tavhid» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan.

Mo‘'minjon domla Usmonov / muslim.uz

O‘z navbatida, Toshkent shahridagi «Mahkamboy Hoji Ota» jome masjidi imom-xatibi Zokirov Habibulloh O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi imom-xatibi lavozimlarini egallagan.

Zokirov Habibulloh / muslim.uz

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyrug‘i asosida Toshkentdagi «Shayx Zayniddin» masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z vazifasidan ozod etilgandi. 

Top