07:51 / 23.07.2018
8800

Pompeo Eron hukumatini mafiya bilan tenglashtirdi

Foto: REUTERS/Brendan McDermid

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini mafiya bilan tenglashtirdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Eron «hukumatdan ko‘ra, mafiyaga ko‘proq o‘xshash bo‘lgan kimdir tomonidan boshqarilmoqda». Ta'kidlanishicha, Pompeo «juda katta boyliklar» va eronlik siyosatchilarning korrupsiyasini nazarda tutgan.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, AQSh «Eron xalqining uzoq vaqt davomida e'tiborsiz qoldirib kelingan ovozini qo‘llab-quvvatlaydi». Davlat kotibining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar televideniye, radio va ijtimoiy tarmoqlarda fors tilida kechayu kunduzlik rejimda ishlovchi efirni ishga tushirdi. 

Avvalroq, Pompeo Eron Yevropada teraktlarni rejalashtirish uchun o‘z diplomatik vakolatxonalaridan foydalanayotgani haqida ma'lum qilgandi. 

Top