15:10 / 26.07.2018
5607

17 mln so‘mlik moshni aldab olib, pulini bermagan firibgar ushlandi

Illyustrativ foto

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

25 iyul kuni tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 12 fevral kuni “Xalqobod” MFYda yashovchi muqaddam sudlangan E.D. "Quyitosh" MFY hududida tanishi Sh.A. bilan 4 tonna mosh mahsulotini 17 mln 200 ming so‘mga savdolashib, pulini bir oy muddatda berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, mosh mahsulotini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida E.D. ushlangan.

Mavzuga oid
Top