10:38 / 26.07.2018
8680

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tizimi ishga tushdi

Foto: KUN.UZ

15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tizimi - emehmon.uz ishga tushirildi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Endilikda chet el fuqarosi mamlakatga kelgandan so‘ng e-mehmon tizimi orqali yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 daqiqadan ko‘p vaqtni sarflamaydi. Sayyohlar ro‘yxatdan o‘tish masalasini davlat organlari ishtirokisiz hal qila oladi.

Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga veb-sayt, mobil ilova hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.

Portal orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun emehmon.uz saytini ochish, ro‘yxatdan o‘tish oynasida o‘z ma'lumotlarini ko‘rsatib, so‘ng «kelish varaqasi» shaklini to‘ldirish va eng oxirida to‘lov kartasi ma'lumotini ko‘rsatib turistik yig‘imni to‘lash zarur.

Foto: emehmon.uz

 

Top