14:41 / 26.07.2018
3974

AQShning Pekindagi elchixonasida bomba portlamagan. Pirotexnika vositasida portlash sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Reuters

AQShning Xitoy poytaxti Pekin shahridagi elchixonasida portlovchi qurilma harakatga keltirilgani tasdiqlandi.

Bloomberg agentligi xabariga ko‘ra, portlovchi qurilmani ishga tushirganlikda gumonlanib Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududida yashovchi 26 yoshli yigit qo‘lga olingan. U kichik jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida boshqa jarohatlanuvchilar yo‘q.

Bundan avvalroq, AQShning Pekindagi elchixonasi oldida portlash sodir bo‘lgani, hudud politsiya kuchlari tomonidan o‘rab olingani haqida xabar berilgandi.

Top