14:37 / 31.07.2018
19040

Toshkentdagi metallurgiya zavodi qaysi tumanda joylashishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Thinkstock

Toshkentda metallurgiya zavodi quriladi. Bu prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.

Zavod qurilishi korxonalarning o‘z mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. 

Loyiha quvvati - 500 ming tonna. Zavod 2019 yilga qadar qurilishi mo‘ljallangan.

Qarorda qayd etilishicha, ushbu zavod Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashadi. Xorijiy investor - Buyuk Britaniyaning «Quality Trade Supplies L.P.». Loyihaning umumiy qiymati - 335 mln dollar, 2018 yilda 85,8 mln dollarni o‘zlashtirish nazarda tutilgan. 

Top