12:49 / 08.08.2018
28919

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi vazifasini v.b,  federatsiya a'zolari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etishdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasining faoliyati, shu kunga qadar bajarilgan ishlari va kelgusi yilda tashkillashtirilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar to‘g‘risida hisobot berildi va Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni taqdim etdi. Ushbu nomzodlar yakunda bir ovozdan saylandilar.

Isroil Yunusov

Shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov kelajakda o‘zbek professional boksini ham jahon darajasiga chiqarish kerak ekanligi hamda birgalikda istiqbolli ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi ish faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida, federatsiya raisligiga “Real haus” kompaniyasi rahbari Isroil Yunusov, rais birinchi o‘rinbosari etib Abdulloh Sagdiyev, Vladimir Shin esa rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Mavzuga oid
Top