16:33 / 08.08.2018
25276

«O‘zbektelekom»da o‘zgarishlar. Avvalgi bosh direktor yana rahbar etib tayinlandi

2018 yil 8 avgust kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Kompaniya rahbari etib avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Qodirov tayinlandi. 

Shuhrat Qodirov
Foto: O‘zbektelekom

2018 yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Ro‘ziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi.

Farhod Ro‘ziyev
Foto: O‘zbektelekom

Bundan tashqari, Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking o‘rniga Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

Qodirov birinchi marta 2016 yilda kompaniyaning rahbari lavozimini egallagan, o‘shanda u 2013 yildan «O‘zbektelekom»ga rahbarlik qilib kelgan Abdurashid Abdumo‘minov o‘rnida ish boshladi. Bundan oldin Qodirov Uzdigital TV va UZMOBILE’ni turli yillarda boshqargan.

Mavzuga oid
Top