09:30 / 16.08.2018
8007

«Lukoyl» O‘zbekistonda gaz qazib olishni ikki barobarga oshirdi 

Foto: lukoil-overseas.uz

2018 yilning birinchi yarmida Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib olishni ikki barobarga oshirdi, deyiladi kompaniya xabarida.

Bunday ko‘rsatkichga «Qandim» va «Hisor» loyihalarida yangi quvvatlarni ishga tushirish hisobidan erishildi. Natijada, joriy yilning birinchi yarmida gaz qazib olish hajmi 6,1 milliard kub metrga oshdi, bu 2017 yilning birinchi yarmiga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Umuman olganda, kompaniyaning gaz qazib olishidagi o‘sishning asosiy omiliga O‘zbekistonda loyihalar rivojlanib borayotgani aylandi.

Bugungi kunda «Lukoyl»ning O‘zbekistondagi barcha loyihalarga jami sarmoyasi 7 milliard dollardan oshdi. Respublikada 15 yil mobaynida kompaniya eng yirik loyihalarda - Xauzak, Shodi, Janubi-G‘arbiy Hisor va Qandim konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etdi. Kompaniya tomonidan qazib olingan barcha gaz tashqi bozorga chiqariladi. 

Top