16:50 / 16.08.2018
13352

Samarqanddagi “Sino” zavodi bankrot deb e'lon qilindi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Samarqanddagi “Sino” muzlatgich ishlab chiqaruvchi zavodi sud qarori bilan bankrot deya e'lon qilindi. Bu haqida zavod ma'muriyati xabar qildi. 

Maishiy muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi “Sino” zavodi 1973 yilda tashkil topgan. O‘sha paytda zavodda “Pomir”, “Snejinka”, “SINO” nomi ostida muzlatgichlar chiqargan. 1991 yil 20 dekabrda korxona “Sino” aksionerlik kompaniyasiga aylantirildi. 

2009 yil dekabrida Janubiy Koreyaning “LG Electronics” kompaniyasi ushbu zavodda yiliga 50 million sovutgich ishlab chiqarish quvvatiga ega tarmoqni ishga tushirdi. Bunga 2 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritildi. 2012 yilda Xitoyning Guangzhou Kinte Industrial kompaniyasi bilan ikkita yangi modeldagi muzlatgichlarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

2015 yilda Samarqanddagi “Sino” zavodi aksiyalarining 88.8%ini strategik xorijiy investorga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. 

Mavzuga oid
Top