18:31 / 22.08.2018
8571

O‘zbekiston taekvondochilari Osiyoda kuchli uchlikka kiradi

O‘zbekiston Osiyo qit'asida taekvondo bo‘yicha 3-o‘rinda. Bu haqda Osiyo o‘yinlari g‘olibi Nikita Rafalovich va Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Dmitriy Shokin Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdilar.

«Osiyo qit'asida taekvondo bo‘yicha 3-o‘rindamiz, Eron va Koreya biroz oldinroqda. Ammo, bu sport turi bo‘yicha rivojlanish katta, yosh, umidli vakillarimiz bor. Yaqin yillarda katta natijalarni qo‘lga kiritamiz», - deydi Nikita Rafalovich.  

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

«Asosiy maqsad - Olimpiya o‘yinlari medali. Bunga harakat qilaman. Bu yilgi Osiyo o‘yinlari oson bo‘lmadi. Osiyoda taekvondo juda rivojlangan. Janubiy Koreya, Eronda o‘ta kuchli sportchilar bor. O‘zbekiston ana shu terma jamoalardan keyingi o‘rinda turadi», - deya aytib o‘tdi Dmitriy Shokin.

 

Top