03:41 / 27.08.2018
20029

La Liga. "Real" yirik hisobda g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa chiqib oldi

Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 2-tur navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

"Real Madrid" "Jirona" uyiga safar qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 1:4.

16-daqiqada Garsiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 39-va 52-daqiqalarda Ramos hamda Benzema penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada Beyl gol kiritib, oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, 80-daqiqada Benzema dublga erishib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi. 

Jirona – Real Madrid 1:4 (1:1, 0:3)

Gollar: 1:0 – 16 Garsiya, 1:1 – 39, penalti Ramos, 1:2 – 52, penalti Benzema, 1:3 – 59 Beyl, 1:4 – 80 Benzema.
Jirona – Bunu, Munesa, Xuanpe, Espinosa, Porro (Aday, 79), Pons (Aleish Garsiya, 71), Timor, Garsiya, Granel, Portu, Losano (Stuani, 58).
Real Madrid –    Navas, Marselo (Varan, 60), Nacho, Ramos, Karvaxal, Kazemiro, Isko (Modrich, 77), Asensio, Kroos, Beyl (Vaskes, 87), Benzema.
Ogohlantirishlar: Porro (33), Munesa (65), Karvaxal (67), Benzema (86), Vaskes (88).

Qolgan o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Sevilya – Vilyarreal 0:0 (0:0, 0:0)

Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Eskudero (Ben-Yyedder, 83), Merkado, Banega (Gonalon, 63), Navas, Sarabiya, Mesa, Vaskes (Aleish Vidal, 63), Andre Silva.
Vilyarreal –    Asenxo, Ruis, Alvaro Gonsales, Mario Gaspar, Trigeros, Pedrasa, Kasorla (Raba, 79), Kaseres, Fornals (Bakka, 62), Moreno, Toko-Ekambi (Kosta, 61).
Ogohlantirishlar: Mario Gaspar (5), Merkado (44), Sarabiya (81), Kosta (88), Ker (90).

Espanol – Valensiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 62 Granero, 2:0 – 68 Iglesias.
Espanol – Lopes, David Lopes, Vila, Lopes, Ermoso, Granero (Sanches, 80), Mark Roka, Darder, Garsiya (Peres, 71), Baptistao (Pyatti, 76), Iglesias.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Pichchini, Diakabi, Vass (Cheryshev, 64), Kondogbia, Parexo, Soler, Rodrigo (Batshuayi, 74), Santi Mina (Gameyro, 67).
Ogohlantirishlar: Diakabi (30), Ermoso (48).

Mavzuga oid
Top