20:50 / 28.08.2018
27616

Putin 15 generalni lavozimidan bo‘shatdi

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ichki ishlar vazirligi (IIV), favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV), jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) va tergov qo‘mitasida ishlovchi 15 generalni o‘z lavozimidan bo‘shatdi. 

Lavozimidan bo‘shatilgan generallar orasida Tomsk viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Mixail Begun, Saratov viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Boyko, Ulyanov viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Varchenko, FSINning Komi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Igor Vaneyev, tergov qo‘mitasining Janubiy harbiy okrug bo‘yicha harbiy tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Vasilev bor.

Bundan tashqari, Murmansk viloyati, Saxalin viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalari boshliqlari Vladimir Gusev va Denis Ilinov, tergov qo‘mitasining Kemerovo viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Kalinkin, Kemerovo viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Korshunov va FSINning Omsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Sergey Koryuchin ham o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Shuningdek, Bryansk viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Valentin Kuzmin, IIVning axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash departamenti boshlig‘i Sergey Lyashenko, Kelishuv-huquqiy departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Gennadiy Spirin, FSINning Volgograd viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Pavel Radchenko, Nijyegorodsk viloyati ishchki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Grigoriy Tkachenko hamda favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Vladlen Aksenov o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Top