10:18 / 30.08.2018
28072

«O‘zavtosanoat»: «sun'iy» navbatlar va «defitsit»ni vujudga keltirish holatlari kuzatildi

Foto: autostrada

«O‘zavtosanoat» AJ ma'lum qilishicha, 2018 yilning 24 avgustidan 28 avgustga qadar «GM Uzbekistan» AJ tomonidan 12 437ta shartnoma rasmiylashtirildi va undan tashqari xaridorlar tomonidan 1333tasi rad etildi (shundan, 385tasi «Damas», 430tasi «Neksiya» va 100tasi «Malibu» avtomobillari).
 
Shu bilan birga, ko‘ngilsiz holatlar, ya'ni avtomobilga bo‘lgan «sun'iy» navbatlarni va ular bo‘yicha «defitsit»ni vujudga keltirish holatlari xam kuzatildi. Bu omillar bo‘yicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv o‘tkazilmoqda.
 
Xaridorlar manfaatini ko‘zlab navbatda turishning shaffofligini ta'minlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Qayd etilishicha, yaqin kunlarda shu masalaga taalluqli ma'lumotlar taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Nexia va Malibu ishlab chiqarish hajmini deyarli 10 barobarga oshirayotgani xabar berilgandi.

Top