20:01 / 01.09.2018
31865

Myanma sohillari yaqinida “arvoh-kema” topildi

Foto: Yangon Police

Myanma sohillari yaqinida bortida hech kim bo‘lmagan “arvoh-kema” sayozlikka botib qoldi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Sam Ratulangi PB 1600 deb nomlangan va uzunligi 177 metrni tashkil qiluvchi yuk tashuvchi kema sohildan bir necha kilometr uzoqlikda sayozlikka botib qolgan. Kemani aniqlagan mahalliy baliqchilar uning bortiga ko‘tarilib, na ekipaj a'zolarini, na yukni aniqlay olishgan.

“Bunday katta kema bizning suvlarda qanday paydo bo‘lib qolgani tushunarsiz. Hukumat kemani o‘z nazoratiga oladi”, deb aytgan parlament vakili Ne Uin Yangon.

Ta'kidlanishicha, kemani oxirgi marta 2009 yilda Tayvan sohillari yaqinida ko‘rishgan, u Indoneziya bayrog‘i ostida suzgan. Mahalliy hukumat vakillarining fikricha, kema ekipaji uni yaqinda tark etgan. Kema egalari shaxsi o‘rnatilmoqda.

Top