14:51 / 05.09.2018
32344

Toshkent hokimi 169-maktabning 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarga planshetlar sovg‘a qildi

Bugun respublikaning barcha umumta'lim maktablarida bo‘lgani kabi, Shayxontohur tumani Huvaydo mahallasidagi 169-maktabda ham 2018–2019 o‘quv yili uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi o‘z so‘zida mazkur maktabda tahsil olganligi, o‘quvchilik xotiralari haqida to‘xtalib, aynan qadrdon maktabida olgan bilimlari kelgusidagi muvaffaqiyatlariga poydevor bo‘lganligini alohida ta'kidladi. O‘quvchilarni a'lo baholarga o‘qishini aytib, ularga zafarlar tiladi.

J.Ortiqxo‘jayev 1-sinfga qabul qilingan 246 nafar o‘quvchilarning har biriga Samsung Galaxy Tab A planshetlarini sovg‘a qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

 

Top