20:10 / 10.09.2018
11921

Antarktidaning eng aniq xaritasi e'lon qilindi 

AQShning Minnesota va Ogayo shtatlari tadqiqotchilari guruhi Antarktidaning yuqori sifatdagi eng aniq xaritasini e'lon qildi. Bu haqda Phys.org portali ma'lum qilmoqda.

Xarita qit'aning taxminan 14 mln kvadrat kilometr hududini qamrab olgan. Endi olimlarga Antarktidadagi barcha tog‘lar va muz qoplamining santimetrigacha ma'lum.

Bunday yuqori aniqlikdagi xaritani yaratish uchun olimlar bir necha millionta suratni Blue Waters superkompyuteri yordamida qayta ishlashgan. 

E'tiborlisi, ushbu xaritaning hajmi 150 terabaytni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top