15:47 / 10.09.2018
7909

O‘zbekistonda AQSh bilan ikki diplomli ta'lim paydo bo‘lishi mumkin

Foto: REUTERS

O‘zbekiston va AQSh ikki diplomli ta'lim dasturini ishga tushirishlari mumkin, bu haqda O‘zbekiston telekanalining «Tahlilnoma» dasturida aytilgan.

Spot’ning yozishicha, Amerika universitetlari konsorsiumi (ACU) O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni, shu jumladan, talabalar almashinuv dasturlari va ikki diplomli ta'lim orqali hamkorlik qilishga tayyor turibdi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, agronomiya va o‘simlikshunoslik, biznes boshqaruvi hamda kompyuter injiniringi, pedagogik faoliyat sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar rejalashtirilgan.
 
Shuningdek, «Interlik» til markazlari O‘zbekiston Jahon tillari davlat universiteti bilan kelishuvga erishish niyatida. Bu dastur O‘zbekistondan bo‘lgan talabalarni o‘qitish va o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqishni nazarda tutadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda AQShning Markaziy Osiyodagi ilk magistrlik ta'lim loyihasi yo‘lga qo‘yilgandi.

Top