16:41 / 14.09.2018
5004

Pauerlifting: O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo va Okeaniya Chempionatida ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi

5-14 sentabr kunlari Yaponiyaning Kitakyushu shahrida  pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada  hamyurtlarimiz ikki oltin medalni O‘zbekiston hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. 

Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinova Muslima 72kg toshni ko‘tarib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. 

Foto: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa 55 kg vazn toifasida Roza Qo‘ziyeva 115 kg toshni ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Foto: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Mazkur musobaqada  29 ta davlatdan 200ga yaqin sportchi medalli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.

Foto: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Top