10:47 / 14.09.2018
15875

Rossiya FXXning Donbassda paydo bo‘lishi tushuntirib berildi

Foto: RIA Novosti / Maks Vetrov

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning xodimlari mahalliy hukumatning taklifiga binoan o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DNR») rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning o‘ldirilishini tergov qilish uchun Donbassga keldi. Bu haqda RF Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.

«Gap rossiyalik kriminalist-ekspertlar haqida boryapti. Ular bu hududda mahalliy hukumat iltimosi bilan bo‘ladi va ularga teraktni tergov qilish ishlarida yordam beradi. Bor gap shu», - deydi Zaxarova.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 4 sentabr kuni ukrainalik jurnalistning Zaxarchenko o‘limini tergov qilishda «DXR» hukumatiga yordam taqdim etishning qonuniy asoslari haqidagi savoliga izoh berishdan bosh tortgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qilgandi. 

Top