23:18 / 18.09.2018
81419

Shavkat Mirziyoyevning keyingi xorijiy safari rasman tasdiqlandi​

Foto: Prezident matbuot xizmati

27-28 sentabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida o‘tkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir. 

Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Tojik mahalliy nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra,  O‘zbekiston rahbari «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»ning faoliyati bilan tanishadi. Mirziyoyev bilan birgalikda zavodga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tashrif buyuradi. Prezidentlar respublikada tokchi sohibkor dehqonlar sifatida mashhur bo‘lgan Kamol Hoji Madumarov va Ne'mat Hoji Usmonovlarning dehqon xo‘jaliklariga tashrif buyurishadi.

Shu bilan birga, prezidentning tashrifi arafasida Dushanbe-Tursunzoda avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan barcha uylarning tashqi qismi ta'mirlanmoqda.

Mavzuga oid
Top