08:16 / 19.09.2018
24302

“Vatanparvar” tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi ushlandi

Foto: KUN.UZ

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro J.A.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N. J.A.ni aldab, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga kiritish va imtihondan o‘tkazib berish evaziga 500 ming so‘m olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top