12:25 / 21.09.2018
3032

Meksikaning yangi rahbari gamak va prezidentlik qarorgohi o‘rtasidagi tanlovini amalga oshirdi

Foto: Goran Tomasevic/Reuters

Meksika prezidenti etib saylangan, o‘z lavozimiga 1 dekabr kuni kirishadigan Andres Manuel Lopes Obrador prezidentlik saroyiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, u yerda gamak qo‘yishi haqida ma'lum qildi. Meksika rahbarining so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

Avvalroq, Obrador Mexikoning hashamatli tumanidagi «Sosni» prezidentlik saroyidan foydalanmasligi haqida e'lon qilgandi. U buning o‘rniga Sokalo markaziy maydonidagi Milliy saroyda doimiy yashashi haqida va'da bergan.

«Men saroyni yopmayman, yo‘q! Menga faqatgina yig‘ma karavot va gamak o‘rnatish uchun ozgina bo‘sh joy kerak bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Obrador.

Hozirgi vaqtda Milliy saroy bir vaqtning o‘zida milliy muzey va shahardagi prezidentlik qarorgohi funksiyalarini bajaradi. U nufuzli bo‘lmagan tumanda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksika prokuraturasi ikkita treylerda 300ta chiriyotgan jasadni saqlayotgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top