09:50 / 26.09.2018
23063

G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Qo‘naqbayev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlov TASS’ga xabar berdi.

AIBA prezidenti lavozimiga nomzodlar ilgari surish 23 sentabr kuni nihoyasiga yetdi. Tashkilot rahbari saylovi o‘tkaziladigan AIBA kongressi 2-3 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi.

«G‘ofur Rahimov va Serik Qo‘naqbayevlar nomzodi ilgari surildi», - dedi Kremlev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AIBA rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqandi. 

XOQ Amerika sanksiyalari ostida bo‘lgan o‘zbekistonlik amaldorga nomzodini bekor qilishni tavsiya qildi, aks holda Olimpiya dasturidan boks chiqarib yuborilishi mumkinligi bildirildi. Lekin G‘ofur Rahimov bosimga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ma'lum qildi. 

Rossiya boks federatsiyasi G‘ofur Rahimovni qo‘llab-quvvatladi, tashkilot bosh kotibi Umar Kremlev esa «bunday prezident bilan boksda shubhasiz kelajak borligi» haqida aytib o‘tdi.

Mavzu
XOQ va AIBA urushi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti bo‘lishini istamayapti va boks sportini olimpiada dasturidan chiqarish bilan tahdid qilmoqda
Barchasi
Mavzuga oid
Top