15:41 / 28.09.2018
3707

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” bankiga tashrif buyurdi

Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Moliya va tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ingrid van Veyes xonim boshchiligidagi mazkur bank delegatsiyasi joriy yilning 27 sentabr kuni «Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsion tijorat bankiga tashrif buyurdi.

Bank rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan ikki tomonlama masalalarni muhokama qildilar.

OTB delegatsiyasi, shuningdek, Toshkentda o‘tkaziladigan kichik va o‘rta korxonalarni kreditlash masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiyada ishtirok etadi. Shu bilan birga Samarqand shahridagi “Meva-sabzavotchilik sektorida qo‘shimcha qiymat ketma-ketligini rivojlanish” loyihasi doirasida OTB tomonidan moliyalashtirilayotgan korxonada bo‘ladi.

«Ipak Yo‘li» bankining Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorligi 2006 yildan kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish yo‘nalishida boshlangan.

2013 yil aprelida OTB «Ipak Yo‘li» bankining aksiyadori bo‘ldi. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, bu Markaziy Osiyoda OTBning tijorat banki nizom kapitaliga dastlabki kiritgan sarmoyasi bo‘ldi.

Foto: Ipak yo‘li

2006 yildan hozirgi kungacha “Ipak Yo‘li” banki kichik va xususiy biznesni moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 91,3 mln. AQSh dollari bo‘lgan beshta moliyalashtirish liniyasi olindi. Ushbu mablag‘dan 61 mln. AQSh dollari tadbirkorlarga muvaffaqiyatli berildi.

OTB bilan tuzilgan bitim doirasida menejment tavakkalchiligi va operatsiyalarni nazorat qilish mexanizmi, korporativ boshqaruv tizimini, shuningdek, ekologik va ijtimoiy tavakkalchilikni boshqarish tizimlarini takomillashtirishga texnik yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.  

Foto: Ipak yo‘li

«Ipak Yo‘li» banki 1990 yilda tashkil etilgan universal tijorat banki hisoblanadi. 2018 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, bankning umumiy aktivlari 3,3 trln. so‘mni tashkil etdi, bank tomonidan berilgan kreditlarning joriy qoldig‘i 2,4 trln. so‘mga yetdi. Bank respublikaning turli shaharlarida joylashgan 15 ta filial va 53 ekspress-markaziga ega. 

👉 Facebook www.fb.com/ipakyulibankuz
👉 Telegram t.me/ipakyulibankuz
👉 Instagram www.instagram.com/ipakyulibank
👉 YouTube http://goo.gl/a8bBY3

Top