12:58 / 29.09.2018
107838

Surxondaryodagi fojia. Bosh prokuratura yangi tafsilotlarni ma'lum qildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Surxondaryoda 11 yoshli qizcha zo‘rlanib, o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ushbu hodisa bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 25 sentabr kuni soat 21:30larda Uzun tumani, “Malandiyon” mahallasida yashovchi fuqaro T.A. tomonidan yashash uyi yerto‘lasidan T.A.ning voyaga yetmagan qizi Sh.A.ning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, fuqaro A.X. 2018 yil 25 sentabr kuni qarindoshining uyida ta'mirlash ishlarini ertalab taxminan 08:00larda boshlab, shu kuni soat 13:00larda birga ishlayotgan ikki nafar sheriklari bilan tushlik qilib, bir shisha aroq ichib, shundan so‘ng soat 14:50lar chamasida qarindoshi F.Sh.ning qo‘shnisi T.A.ning yashash uyiga borib, uning qizi Sh.A. bilan uyining yerto‘lasida qizning qarshiligiga qaramasdan jinsiy aloqada bo‘lib, nomusiga tegib, so‘ng qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 26 sentabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top