09:40 / 30.09.2018
33338

Bahodir Jalolov ikkinchi raqibini ham nokautga uchratdi

Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29 sentabr (Toshkent vaqti bilan 30 sentabr) kuni AQShda o‘tkazdi.

Jang arafasida uning raqibi o‘zgardi. Bahodir Jalolov avval ma'lum qilinganidek amerikalik Tomas Hovkinsga qarshi emas, meksikalik Eduardo Vitelaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jalolov jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional ringdagi ikkinchi jangida ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi. U iyul oyida amerikalik Kurts Hid bilan jang qilishga kelishgandi, ammo bu jang keyinroq bekor qilindi.

Eduardo Vitela professional boksda bungacha 5ta jang o‘tkazgan, 3ta g‘alaba (2tasi nokaut) va 2ta mag‘lubiyat (2tasi ham nokaut) qayd etgandi. Uning statistikasida endi 3 mag‘lubiyat mavjud.

Mavzuga oid
Top