13:20 / 30.09.2018
15376

Elnur Abduraimov professional boksdagi debyutida g‘alaba qozondi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov AQShda professional boksdagi birinchi jangini o‘tkazdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, debyut bahsda Abduraimovga amerikalik bokschi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda raqibini nokautga uchratib, prof ringdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi.

Ma'lumot uchun, Xollis bugungi kungacha professional boksda 12ta jang o‘tkazgan. Ularning 4tasida g‘alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (5tasi nokaut).

Top