09:03 / 05.10.2018
18509

Olimlar tez tayyorlanuvchi lag‘mondan qanday zarar yetkazilishini baholashdi

Foto: Thinkstock/Fotobank.ru

Akademik M.F.Reshetnev nomidagi Sibir davlat Ilm-fan va texnologiyalar universiteti (SibGU) tadqiqotchilari tez tayyorlanuvchi lag‘mon tarkibini o‘rganib chiqishdi va uning zararli xususiyatlarini baholashdi. Tadqiqot universitet saytida e'lon qilingan.

Tadqiqotda aytilishicha, lag‘mon tarkibida bug‘doy uni, palma yog‘i, karbonat va natriy polifosfati mavjud. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tarkibiy qismlardan ba'zilari organizmga foyda keltirmaydi, ammo o‘rtacha miqdorda iste'mol qilingan taqdirda zarar ham yetkazmaydi.

«Lag‘mon tarkibida turli moddalar hozirgi miqdorda bo‘lsa, ular organizmga zarar bermaydi. Biroq, har kuni faqatgina uni [lag‘mon] iste'mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki unda oqsillar va yog‘ miqdori yetarli emas», - deya xulosa qilgan SibGU dotsenti Yelena Semichenko. 

Top