20:50 / 06.10.2018
6806

Rossiya chempionatida Shomurodov va Afonin jamoalari to‘qnashdi

Foto: Orenburg FK

Rossiya Premer-Ligasi 10-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Rostov» o‘z maydonida «Orenburg»ni qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona gol 11-daqiqada Terexov tomonidan urildi.

Mezbonlar tarkibida Eldor Shomurodov 2-bo‘limda maydonga tushib, yarim soat o‘ynadi. Mehmonlar tarkibida Vadim Afonin to‘liq harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng, «Rostov» 18 ochko bilan 3-o‘rinda, «Orenburg» esa 14 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. 

RPL, 10-tur
Rostov – Orenburg 0:1
6 oktabr, «Rostov-Arena» 
Gol: 0:1 – 11 Terexov. 
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopintsev, Ionov (Zuyev, 67), Kalachev, Guliyev (Yusupov, 86), Gatskan, Parshivlyuk, Kyartansson (Shomurodov, 59).
Orenburg – Frolov, Andreyev, Sivakov, Terexov, Oyyevole, Mishkich (Chirkin, 83), Afonin, Malix, Despotovich (Popovich, 70), Kozlov (Chukanov, 90), Sutormin.
Ogohlantirishlar: Andreyev (23), Parshivlyuk (37), Afonin (54), Mishkich (83), Gatskan (90), Oyyevole (90), Sutormin (90), Chukanov (90).

Top