09:05 / 06.10.2018
6771

Vetnamda 5 kishi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar uchun ko‘p yillik qamoq jazosiga tortildi

Foto: AFP

Vetnamda 5 fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va “o‘z fikrini bildirishning boshqa tinch yo‘llari” uchun 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga tortildi. Ularning bu harakatlari hukumatga qarshi faoliyat deb baholangan, deb xabar berdi Amnesty International huquqni himoyalash tashkiloti.

Tashkilotning ma'lum qilishicha, sudlanuvchilar “xalq hokimiyatini ag‘darishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda” aybdor deb topilgan. 

Amnesty International’ning ma'lum qilishicha, sentabrda ham Vetnamda 8 kishi hukumatga qarshi faoliyat uchun qamalgan.

Avgustda Vetnam sudi AQShning 2 fuqarosini teraktlar tashkillashtirish va hukumatga qarshi faoliyat uchun 14 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. Yana 10 kishi kamroq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. Barcha sudlanuvchilar “davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga urinishda” aybdor deb topilgan.

Top