11:21 / 08.10.2018
140503

Foto: O‘zbekistonda birinchi qor yog‘di

Kecha tunda O‘zbekistonning Jizzax viloyati Zomin tumani tog‘li hududida birinchi qor yog‘di. Bu haqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabar berishgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shuningdek, Qashqadaryodagi Kitob dovonida ham 8 oktabr kuni ertalab qor yog‘di. Bu holat tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan e'lon qilindi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Foydalanuvchilar xabariga ko‘ra, Qamchiq dovonida ham 8 oktabr kuni ertalab qor yog‘ishni boshlagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Avvalroq, O‘zgidromet 9-10 oktabr kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi va tunda havo harorati 0 darajaga qadar pasayishi haqida ma'lum qilgandi. 

Top