13:52 / 11.10.2018
9297

Bojxona xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati


Joriy yilning 3 oktabr kuni fuqaro A.N. 6 tonna rangli metallarning noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanganligi sababli uning noqonuniy harakatlari bojxonachilar tomonidan fosh etiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bunday vaziyatda A.N.ni og‘ir vaziyatdan qutqarib qolish, unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni moddiy manfaat evaziga ijobiy hal qilib berish maqsadida T.I. ismli shaxs bojxona xodimiga pora taklif qilgan.

U o‘zining qing‘ir rejasini amalga oshirish maqsadida bojxonachini  Namangan shahridagi “Zohidabonu” oshxonasiga taklif etadi.

T.I. ziyofat bahonasida bojxona xodimiga 500 AQSh dollari miqdorida pora berayotgan chog‘da bojxona organlarining mas'ul xodimlari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh  prokuraturasi xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Top