18:36 / 11.10.2018
8816

Toshkent shahrining ikkita tumani xotin-qizlar qo‘mitasiga rais saylandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tuman hokimligida tuman xotin-qizlar qo‘mitalarining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirobod tumanida bo‘lib o‘tgan tadbirda 150 nafar ishtirokchi, jumladan, tuman xotin-qizlar qo‘mitasining boshqaruvi a'zolari va joylarda boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, 2012 yildan Mirobod tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimda ishlab kelgan Madaminova Feruza Vohidovna kayta shu lavozimga saylandi.

Madaminova Feruza Vohidovna

Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov konferensiyasi yig‘ilishida ham tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib, Safarova Xurshida Ochilovna saylandi. Shuningdek, hisobot-saylov konferensiyada qo‘mita nazorat taftish komissiyasi tarkibi ham tasdiqlandi.

Safarova Xurshida Ochilovna
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga tanqidiy baho berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 539 ta boshlang‘ich tashkilot mavjud. Konferentsiya ishida ularning 220 nafar vakili ishtirok etdi.

Top