15:18 / 11.10.2018
13154

Toshkent viloyatida bir guruh “tillafurushlar”ning ishi fosh bo‘ldi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari va Toshkent viloyati IIB vakili bilan hamkorlikda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan M. R. ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma'lum qilinmagan, qiymati qariyb 61 mln. so‘mlik, umumiy vazni 1217 grammdan iborat bo‘lgan oq metalldan yasalgan 184 dona har xil turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelinayotganligi aniqlandi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Shu kabi yana bir holatda fuqaro A. A. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida bojxona xodimiga og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, qiymati 42 680 000 so‘mlik umumiy og‘irligi 194 gramm bo‘lgan 28 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari olib kirilayotganligi fosh etildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ushbu post orqali respublikamizga kirib kelayotgan 10 nafar fuqarolarning qo‘l yuklarida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan 121 mln. so‘mga yaqin 82 dona umumiy og‘irligi 600 grammdan ortiq bo‘lgan turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top