22:05 / 12.10.2018
6512

Facebook: iPhone egalari uchun 3D-surat ishlash imkoni paydo bo‘ldi

Facebook iPhone 7 Plus, 8 Plus, X yoki XS smartfonlarida olingan suratlar bazasida 3D-tasvirlar yaratish imkonini bermoqda. Portret rejimida olingan suratlar tasvir chuqurligiga oid ma'lumotlarni saqlab qoladi, deya izoh beriladi kompaniyada. 

Oddiy suratdan yaxshi 3D-tasvir yaratish uchun shaffof obektlar (masalan, plastik yoki shisha)ni chetlab o‘tish va kontrast fonlar hamda detallarni tanlash kerak.

3D-suratlarni Oculus Go yoki Firefox'dagi Oculus brauzeri yordamida oddiy smartfonda ham, VR'da ham ko‘rish mumkin. Keyinchalik bu funksiyadan nafaqat iPhone, balki boshqa smartfonlarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi. 

 

Mavzuga oid
Top