08:43 / 17.10.2018
5323

Tramp Xizer Nauertni BMTga ishga o‘tkazmoqchi

Foto: Alex Brandon/AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertni mamlakatning BMTdagi doimiy vakili sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Politico prezidentga yaqin manbalarga asosan xabar berdi.

Nashrdan qayd etishlaricha, Nauert Tramp ma'muriyatida «advokat» sifatida e'tirof etiladi.

Shuningdek, Politico’dan aytishlaricha, Nauertga Vashingtondan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tish qulay bo‘ladi.

«Uning turmush o‘rtog‘i va farzandlari Nyu-Yorkda istiqomat qiladi», - dedi prezident ma'muriyati vakili.

Oq uy va Nauert bu ma'lumotga izoh bermadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xeylining o‘rniga kimni tayinlamoqchi ekani aytilgandi.

Top