13:01 / 20.10.2018
20571

Mahalla fuqarolari yig‘ini raisi pora bilan qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Shu yilning 15 oktabr kuni fuqaro M.M. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Unda Qibray tumanida joylashgan “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi X.M. unga uy-joy kadastr bo‘limiga taqdim qilish uchun noturar joy bo‘yicha ma'lumotnomani yozib berish evaziga 1 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida talab qilayotganligini ma'lum qilgan. 

2018 yil 16 oktabr kuni Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Qibray tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.M. o‘z xizmat xonasida fuqaro M.M.dan 1 mln. 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani bo‘limi tomonidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top