18:51 / 20.10.2018
73069

Ramzon Qodirov uni podachi deb atagan ingushetiyalik oqsoqol bilan yakkama-yakka gaplashib oldi

Foto: Yevgeniya SOKOReVA

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning xabar berishicha, 19 oktabr kuni kechqurun Ingushetiyaga chechen-ingush chegarasidagi Magasda tashkil etilgan mitingda o‘zini «o‘ta keskin tanqid qilgan» oqsoqol Muhajir Nalgiyev bilan suhbatlashish maqsadida bordi.

Nalgiyevning aynan qanday bayonotlari haqida gap ketayotganiga Qodirov aniqlik kiritmagan. Ba'zi nashrlar, shu jumladan, «Kavkaz-Realii» va RIA «Derbent»ning yozishicha, Nalgiyev Checheniston rahbarini podachi, deb atagan.

Qodirovga ko‘ra, Nalgiyev o‘z so‘zlariga Checheniston rahbarining Magasdagi namoyishchilarga qarshi bayonotlaridan birini «ingush xalqi va diniy rahbarlarini tanqid qilish» sifatida qabul qilgani bilan izohlagan. RIA «Derbent»ning yozishicha, gap Qodirovning «bir to‘da yo‘lboshchilar» haqidagi so‘zlari haqida ketmoqda, u ularga Chechenistonda miting o‘tkazish va «u yerdan tirik chiqib ketish»ni taklif qilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Qodirovning oqsoqolga javob qaytarishicha, u faqat «siyosiy va provokatsion manfaatlarni ko‘zlaganlar», jumladan, Ingushetiya IIV sobiq rahbari Ahmad Pogorovni («Kommersant»ning yozishicha, Magasdagi mitingda u Qodirov haqida o‘ta keskin gapirgan) nazarda tutgan. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, shundan keyin ular bir-birlaridan uzr so‘rashgan, «quchoqlashib xayrlashishgan».

RIA «Derbent»ning bildirishicha, Nalgiyev bilan uchrashgandan so‘ng, Qodirov masjidda mahalliy aholi bilan suhbatlashgan. Xususan, Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurovning o‘zi unga Chechenistonga Sunjyenskiy tumanini berishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ingushetiya birinchi prezidenti namoyishchilarga chaqiriq bilan chiqqandi.

Top