14:37 / 22.10.2018
2830

«Spartak» Karrerani iste'foga chiqarib yubordi

Moskvaning «Spartak» klubi direktorlar kengashi Massimo Karrerani bosh murabbiy lavozimidan iste'foga chiqargan.

Klub bayonotida «Spartak»ning o‘tgan mavsumdagi natijalari qoniqarsiz bo‘lgani qayd etilgan.

«Vazifalarning hech biri bajarilmadi. Jamoaning bu mavsumdagi natijalari va o‘yini esa ijobiy o‘zgarish bo‘lmaganini ko‘rsatdi», — deyiladi klub bayonotida.

Endilikda «Spartak»ni Raul Riancho boshqarib turadi.

Italiyalik Massimo Karrera 2016 yilning avgustida «Spartak» bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U klub bilan 2016/2017 yilgi mavsumda Rossiya chempioni bo‘ldi va  mamlakat Superkubogi uchun bahsda g‘alaba qozondi.

O‘tgan mavsumni «Spartak» RFPL turnir jadvalining uchinchi o‘rnida yakunlagandi; bu mavsumda esa jamoa yettinchi o‘rinda bormoqda. 21 oktabr kuni klub Tulaning «Arsenal» klubiga 2:3 hisobida yutqazdi, bu klubning uy uchrashuvlarida qatorasiga uchinchi marta mag‘lubiyatga uchrashi edi.

Top