16:13 / 25.10.2018
60530

«Men bilmayman». Jamshid Qo‘chqorov 100 ming so‘mlik kupyura haqida gapirdi

Moliya vazirligi G‘aznachiligida Moliya vazirligi tizimidagi mas'ul mutaxassislar, jurnalistlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 100 ming so‘mlik kupyura haqida berilgan savolga javob qaytardi.

«Bu masala bilan Markaziy bank shug‘ullanadi. Bir narsani tushuninglar, kupyurani muomalaga chiqarish haqidagi e'lon baribir birdaniga berilmaydi. Uni bosib chiqarish, tayyorlash kerak, prezident tomonidan tasdiqlanadi. Faqatgina shundan so‘ng. Hozir esa, agar men bu haqda qandaydir ma'lumotga ega bo‘lganimda ham, buni aytmagan bo‘lardim. Biroq, ayni damda haqiqatdan ham bilmayman. Bu masala bilan faqat Markaziy bank shug‘ullanadi», - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank 100 ming so‘mlik kupyuralar chiqishi haqidagi xabarlarni yana bir bor rad etgandi.

Bundan avval Jamshid Qo‘chqorov nonning narxi oshirilmagani, balki erkinlashtirilgani haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top