10:18 / 26.10.2018
17504

Paxta-2018. Shovot tumani prokurori hayfsan oldi

25 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektor davomida Xorazm viloyati Shovot tumani prokuroriga hayfsan berildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, u paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirilgan.

Bundan avvalroq, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani prokurori Baxtiyor Rahmatovich Ismatov paxta terimidagi sustkashlik uchun ishdan olingandi.

Shuningdek, Bo‘ka tumani prokurori ham paxta-2018 tadbirlari doirasida almashtirildi.

Mavzu
Paxta-2018
O‘zbekistonda 2018 yilgi paxta terimi mavsumi bo‘lib o‘tmoqda
Barchasi
Top