09:26 / 29.10.2018
10407

AQShda bombalar yuborishda gumonlanayotgan shaxs Trampning faol tarafdori bo‘lib chiqdi

Foto: AP

Amerika Qo‘shma Shtatlarida qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yuborishda gumonlanayotgan Sizar Seyak 2017 yilda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning mitingida faol ishtirok etgan. Bu haqda instagramda rejissyor Maykl Mur aytib o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, rejissyor mitingni suratga olgan va olingan material orasida Seyak Trampning boshqa tarafdorlari orasida qo‘lbola plakat bilan turgani tasvirlangan kadrlar ham mavjud.

Murning so‘zlariga ko‘ra, bu videomateriallar AQSh fuqarolari qanday tarzda «o‘zlarini yo‘qotgani, g‘azabga berilgani va zo‘ravonlikka moyil bo‘lib qolganini» tushunish uchun kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obama, Klintonlar va CNN’ga bombalar Rossiya tomonidan yuborilgani taxmin qilingandi.

Top