08:12 / 30.10.2018
9821

AQShda pochta orqali bomba jo‘natishda gumonlanayotgan shaxsning rejalari aniqlandi

Foto: AP

Bir necha siyosatchilarning manzillariga bomba yuborishda gumon qilinayotgan Tsezar Sayok 100 kishidan iborat qurbonlar ro‘yxatiga ega bo‘lgan. Bu haqda NBC News xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Sayok, shuningdek, siyosatchilar, jamoat arboblari va aktyorlarning Internetdagi faolligini ham kuzatib borgan.

FQB hozirda ro‘yxatdagi barchani topish va ularni ehtimoliy xavf haqida ogohlantirish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV AQShdagi zo‘ravonlik Trampning siyosiy ritorikasini aks ettirishi haqida xabar bergandi.

The Washington Post’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarda ro‘y bergan so‘nggi hodisalar AQSh prezidenti Donald Trampning ritorikasini aks ettiradi. Bu u zo‘ravonlikka sabab bo‘lishi mumkin emasligiga qaramasdan yuz bermoqda. 

Top