03:18 / 31.10.2018
21095

Mirzacho‘l tuman hokimi viloyat hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Jizzax viloyat hokimining 2018 yil 29 oktabrdagi qarorlariga asosan viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda KUN.UZ’ga Jizzax viloyat hokimligining Axborot xizmati ma'lum qildi

 Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Mahmud Parsamatovich Xolbo‘tayev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mahmud Xolbo‘tayev 2009–2010 yillarda ham viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Top