17:00 / 31.10.2018
62749

Spark yerusti metrosi uchun qazilgan chuqurga tushib ketdi. Bu birinchi holat emas

30 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Spark» avtomashinasi chuqurlikka tushib ketgani aks etgan surat tarqaldi.

Avtomobil Toshkent Halqa yo‘lida, «Mustang» yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonidagi yerusti metrosi uchun mo‘ljallangan chuqurga qulab tushgan.

«Kun.uz» muxbiri vaziyatni o‘rganish maqsadida voqea joyida bo‘ldi. 

Youtube'da ko‘rish

Facebook'da ko‘rish

Haydovchi bu YTHdan jiddiy shikastlanmagan. 64 yoshli Ibodulla Araqovning so‘zlariga ko‘ra, 30 oktabr kuni soat 22:00larda yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kelayotgan vaqtida ushbu chuqurlikka qulagan. U chuqurlik atrofida hech qanday taqiqlovchi yoki to‘xtash belgisi qo‘yilmaganini ta'kidladi.

Ayni vaqtda chuqurlik atrofi panjara bilan o‘rab qo‘yilgan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimlarining aytishicha, chuqurlik bir haftadan buyon shu ahvolda bo‘lgan, faqat YTHdan keyin, 31 oktabr kuni atrofi o‘ralgan.

Ushbu hududdagi qurilish ishlari «Ko‘prik qurilish tresti» tomonidan olib borilmoqda. Trest mutasaddisi vaziyatga izoh berishni istamadi va jurnalistlarning bu holatni yoritishga haqqi yo‘q ekanini aytib o‘tdi.

Avtomobil chuqurlikdan chiqarib olindi va ustaxonaga olib borildi.

Ma'lum bo‘lishicha, bundan oldinroq ham, xuddi shu kabi chuqurlikka mashina tushib ketgan ekan. Xo‘sh, bu YTHlar sodir bo‘lishida kim aybdor? Qorong‘uda chuqurlikni ko‘rmay, unga tushib ketgan haydovchilarmi yoki hech qanday taqiqlovchi yoki to‘xtash belgilari qo‘ymagan «Ko‘prik qurilish trest»mi? 

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Top