11:30 / 31.10.2018
77847

Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi zaharlanish oqibatida vafot etdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida to‘rt nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro zaharlanish alomatlari oqibatida vafot etgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, Chilonzor tumanida 31 oktabr kuni Dilxush ko‘chasidagi uylardan birida taxminan soat 07:00larda 1976 yilda tug‘ilgan ayolning 1996 yilda, 2001 yilda, 2002 yilda va 2012 yilda tug‘ilgan farzandlarining vafot etgan holdagi jasadlari topilgan.

Ularning onasi behush holda turmush o‘rtog‘i, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan shifokorlar tomonidan shifoxonaga olib ketilgan. 
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmokda. Vafot etgan fuqarolar aynan nimadan zaharlangani ochiqlanmagan.

Top