20:10 / 06.11.2018
12354

Telegram faoliyatida yana muammolar kuzatila boshlandi

Jahonning ayrim davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham bugun Toshkent vaqti bilan soat chamasi 18:00 lardan boshlab Telegram messenjeri faoliyatida uzilishlar kuzatila boshlagan.

Messenjer ishida bunday uzilishlar Rossiya poytaxti Moskva shahri, Ukrainada, Germaniya, Benilyuks davlatlari, Italiyada ham kuzatilgan.

Soat 20:00 lardan boshlab messenjer ishida jonlanish kuzatilgan.

Telegram messenjeri asoschilari bu uzilishning boisi nimaligi haqida hozircha rasmiy axborot taqdim etishgani yo‘q.

Top