08:08 / 09.11.2018
22220

Unga maosh kerakmas: Xitoyda dunyodagi ilk virtual teleboshlovchi namoyish qilindi

Foto: Xinhua

Xitoy televideniyesi xodimlari sensatsion yangilik – sun'iy ong negizida yaratilgan virtual boshlovchini taqdim qilishdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, kiberjurnalistning taqdimoti Chjetszyan viloyatida o‘tgan internetni boshqarish bo‘yicha xalqaro anjumanda o‘tdi.   

Ma'lum qilinishicha, virtual boshlovchi o‘zidan gologrammani aks ettirib, uni mamlakatdagi taniqli jurnalist Tsyu Xaoning tashqi ko‘rinishi va ovozidan foydalanib yaratishgan. Kiberboshlovchini yaratganlarning aytishicha, istalgan odamni virtual boshlovchi prototipiga aylantirish mumkin. Buning uchun maxsus dasturga boshlovchi tasvirga olingan videoni yuklash kifoya qiladi va dastur bu boshlovchining imo-ishoralari, mimikasi va obrazini aniq qaytara oladi.

Ta'kidlanishicha, virtual boshlovchi yordamida televizion kontentni ishlab chiqarishni ancha arzonlashtirish mumkin: bunday boshlovchini grim qilishga hojat bo‘lmaydi, unga na studiya, na tele- va ovoz operatori kerak bo‘ladi va eng asosiysi, u kuniga 24 soat, ta'til va dam olishlarsiz mutlaqo bepul ishlashi mumkin. 

Top