10:45 / 10.11.2018
13213

Surxondaryoda jangarilarga qarshi amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati boshchiligida, viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz tumani hududida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda Termiz tumani At-Termiziy mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qum” qishlog‘ida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIB Matbuot xizmati

Tumandagi “Qum” qishlog‘iga g‘arazli niyatlar bilan aholining tinch va osoyishta turmush tarziga raxna solish, izdan chiqarish va qo‘poruvchilik jinoyatlarini amalga oshirish maqsadida kirgan jinoiy guruh harakatlarini bartaraf etish, terrorchilik harakatlarni sodir etmoqchi bo‘lgan jangarilarni qo‘lga olish va ularni zararsizlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Foto: IIB Matbuot xizmati

Ushbu tadbirda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining jangovar shaylik darajasi oshirilib, amaliy ko‘nikmalar hosil qilindi. Viloyat hududida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida shaxsiy tarkib tomonidan to‘g‘ri qaror qabul qilishi va belgilangan vazifa va topshiriqlarni mahorat bilan bajarishlari, IIVning maxsus rejalariga asosan ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirilishi o‘quv mashg‘uloti davomida o‘rganilib, amalda sinovdan o‘tkazildi.

Foto: IIB Matbuot xizmati
Foto: IIB Matbuot xizmati
Foto: IIB Matbuot xizmati
Foto: IIB Matbuot xizmati

 

Top